Ismoil I Safaviy haqida maʼlumot bering.

Bilet ¹26, savol ¹2

Ismoil I Safaviy haqida maʼlumot bering.

Javob

Ismoil I Safaviy(1487— 1524) - Eron shohi (1502 y.dan), Safaviylar davlati asoschisi, sarkarda, shoir. Qizilboshlilar yordamida Ozarbayjonni (1500—01), Tabrizni(1502) egallab, o’zini shoh deb e’lon qilgan. Tez orada Eron, Armaniston, Iroq va Movarounnahming bir qismini bosib olgan (1503—10). Ismoil I Safaviy davrida Safaviylar davlati ancha ken gay gan. 1512 y. Ismoil I Safaviy qo’shinlari Boburga Samarqand taxtini egallashga yordam beradi. Lekin, 1513 y. boshida o’zbek sultonlari Ubaydulla va Muhammad Temur qo’shinidan qattiq zarbaga uchradi. Usmonli turklar-bilan bo’lgan urushda Ismoil I Safaviy yengilgach (1514), o’z qo’l ostidagi G’arbiy Armaniston, Kurdiston va Iroqning bir qismidan ajradi. Mamlakat iqtisodini rivojlantirishga intilgan; ma’muriy idoralar faoliyatini mustahkamlagan; mustaqil bo’lishga harakat qilgan ko’chmanchi zodagonlar bilan urush olib borgan. Islomning shia mazxabini davlat dini deb e’lon p qilgan. Turkiyzabon she’riyatning rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan. Ismoil I Safaviy o’qimishli kishi bo Tib, olim, shoir va musavvirlarga homiylil qilgan, Xatoiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Ismoil I Safaviy g’azallar, "O’nta xat" epik dostoni (1506), "Nasihat kitobi"ning muallif.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹26

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar