Maurya davlati haqida maʼlumot bering.
Bilet ¹27, savol ¹1
Maurya davlati haqida maʼlumot bering.
Hishshstondagi yirik quddorlik davlati. Mauriya (Maurya) sulolasidan Magadha hukmdori Chandragupta (mil, av. 317—293-y. lar hukmronlik qilgan) asos solgan. Chandragupta butun Shim.-G‘arbiy Hindistonni, mil. av. 305- y. Balujiston va Sharqiy Afg‘onistonni Mauriyalar imperiyasiga qo‘shib olgan. Uning o‘g‘li Bindusara (mil. av. 293— 268) davrida Mauriyalar imperiyasiga Dekan ham tobe bo‘lgan. Bindusaraning o‘g‘li Ashoka davrida (mil. av. 268—232) Mauriyalar
imperiyasi ravnaq toptan. Imperiya shim, da — Kashmir va Himolay togTaridan jan. da Maysurgacha, g‘arbda - Afg‘onistondan sharqda Bengaliya qo‘ltig‘igacha bo‘lgan maydonni egallagan. Hindistonning qo‘shni va g‘arb mamlakatlari bilan savdo, madaniy va diplomatik aloqalari ancha kengaygan. Buddizm butun Hindiston va ko‘shni mamlakatlarga tarqalgan. Turli viloyatlar o‘rtasida munosabatlar yaxshilangan, san’at, adabiyot va siyosat to‘g‘risida asarlar yaratilgan. Ashoka vorislari davrida imperiya 2 qismga bo‘linib ketgan. Mil. av. 2-a. boshlarida Mauriyalar imperiyasining shim.g‘arbiy qismi Yunon-Baqtriya podsholigiga qo‘shib olingan. Mauriyalar imperiyasining oxirgi shohi Brixadratha shunglar sulolasidan bo‘lgan lashkarboshi Pushyamitra tomonidan o‘ldirilgan va hokimiyat shu sulola ko‘liga o‘tgan
Fan:
Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹27
"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali