Boburiylar sulolasidan boʻlgan Akbarshohning Hindiston tarixidagi oʻrni haqida fikr bildiring.

Bilet ¹27, savol ¹2

Boburiylar sulolasidan boʻlgan Akbarshohning Hindiston tarixidagi oʻrni haqida fikr bildiring.

Javob

Akbar Jaloliddin Muhammad (1542-1605, Agra yaqinidagi Sikandra qishlog’i), "Akbar-shoh" -Boburiylar sulolasidan hukmdor (1556 - 1605). Hindistondagi boburiylar saltanati hukmdori (1556-yildan). Bobuming nabirasi, Humoyunning o’g’li, 13 yoshida taxtga o‘tirgan (1556-yil 15-fevral). Saltanatini kengaytirish uchun muttasil kurashgan. A. davrida Boburiylar saltanati shimda Balxsan tortib janubiyda Godovari daryosigacha (Kashmir va Afg’oniston hududlari bilan), g‘arbda Arabiston dengizidan sharqda Bengaliya qo’ltig’igacha bo’lgan ulkan hududni qamrab olgan. Markaz-lashgan saltanat tuzish maqsadida 1574 yildan ichki islohotlar o’tkazishga kirishadi: qo’shin ustida nazoratni kuchaytiradi va uni qayta tashkil etib, yangidan qurollantiradi, mamlakatni yangi ma’muriy tumanlarga bo’ladi. Nikoh rish-talari orqali Rajput knyazliklari bilan aloqalarni mustahkamlagan. Rajputlar otliq qo’shini A. qo’shinining asosini tashkil qilgan. Yirik yer egalari - jo-girdorlaming o’zboshimchaligiga qarshi bir qancha chora- tadbirlami o’tkazgan, 1574 yil dehqonlar, sarkardalarga yer in’om etish o’miga xazinadan ularga maosh toMashni, mamlakatdagi yerlardan soliq to’plashni o’z xizmatchilari zim- masiga yuklagan. A. aholi orasida diniy jihatdan o’zaro birdamlikka erishish maqsadida hindlarni yuqori mansablarga tayinlay boshlagan va yangi din - "dini ilohiy" joriy etgan. Bu din o’zida is-lom, hinduizm, parsizm va jaynizm dinlarining qorishmasidan iborat bo’lgan. A. dunyoviy va diniy hokimiyatni o’zida mujassamlashtirgan. Bu dinga e’tiqod qilganlar A.ning marhamatiga sazovor bo’lganlar. Keyinchalik A. vafotidan so’ng bu yangi din kichik bir mazhabga aylanib qolgan. A. dehqonchilik va savdoga katta e’tibor bergan, Yevropa mamlakatlari bilan ham savdo-sotiq olib borgan. A. ilm-fan, san’atga ham homiylik qilgan. A.ning vaziri va do’sti Abulfazl Allomiy A. saltanati tarixiga oid "Akbar-noma" asarini yozib qoddirgan. A. buyuk davlat arbobi, quvvai hotizasi kuchli, jasur, iqtidorli sarkarda bo’lgan.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹27

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar