Prussiya qirolligi haqida maʼlumot bering

Bilet ¹28, savol ¹1

Prussiya qirolligi haqida maʼlumot bering

Javob

Prussiya qirolligi— 1701-yildan 1918-yilgacha mavjud bo’lgan nemis qirolligi. 1871-yildan imperiya hududining l/3qismini boshqargan holda Prussiya German imperiyasining yetakchi davlati hisoblangan.Brandenburgda joylashgan Berlin uning asosiy shahri bo’lsadaw qirollik o’z nomini Prussiya tarixiy viloyatidan olgan.Brandenburg-Prussiyaning Buyuk kurfyurst Fridrix Vilgelm I 1688-yilda vafot etadi. Uning mulklari Prussiya qiroli Fridrix Iga (1701- 1713) aylangan o’g’li Fridrix Illga o’tadi.Prussiya gersogligini hisobga olmaganda Brandenburgning barcha yerlari nomiga Gabsburglar humronligi ostida bo’lgan Muqaddas Rim imperiyasining tarkibiga kirgan. Imperiyada faqat bitta nemislar qiroli mavjud bo’lishi sababli Fridrixga imperator Leopold I ning qaroriga muvofiq (ispan vorisligi uchun urushda Fransiyaga qarshi ittifoq evaziga) 1701-yil 18- yanvarda imperiya tarkibiga kirmagan yerlarda „Prussiya qiroli“ sifatida toj kiydirildi. Imperiyada faqat bitta „nemislar qiroli“ mavjud bo’la olishi sababli 1772-yilgacha prussiya monarxlari „Prussiyadagi qirol“ unvoniga ega bo’lishgan. Yangi paydo bo’lgan qirollik 1713-yilda Utrext bitimiga ko’ra boshqa davlatlar tomonidan tan olindi.

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹28

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar