Pyotr I ning Rossiya tarixida tutgan oʻrni haqida fikr bildiring.

Bilet ¹28, savol ¹2

Pyotr I ning Rossiya tarixida tutgan oʻrni haqida fikr bildiring.

Javob

Pyotr I (1672-1725)- rus podshosi (1682-yildan), Rossiyaning 1-imperatori (1721-yildan). Podsho Aleksey Mixaylovich (1629-76)ning kichik o’g’li. Rossiyaning davlat, harbiy va madaniyat arbobi, diplomat. Davlatni boshqarishda bir necha islohotlar o’tkazgan (senat, kollegiyalar, oliy davlat nazorati va siyosiy qidiruv organlari tuzilgan; cherkov davlatga bo’ysundirilgan; mamlakat gubemalargabo’lingan; yangi poytaxt - Sankt-Peterburg qurilgan). Rossiyaning G’arbiy Yevropadagi ilg’or davlatlardan ortda qolganligiga barham berish uchun sanoat va savdo sohasida merkantilizm siyosati o’tkazgan (manufakturalar, metallurgiya, konchilik zavodlari, kemasozlik korxonalari, pristanlar, kanallar qurishga rahnamolik qilgan). 1695-96- yillarda Azov yurishlarida, 1700-21-yillarda Shimoliy urush va boshqalarda armiyani boshqargan, Noteburgni olishda (1702), Lesnaya daiyosi (1708) va Poltava jangi (1709)da qo’shinlarga qo’mondon bo’lgan. Flot va muntazam armiya tuzishga rahbarlik qilgan. Mutlaq hokimiyat tizimining yirik mallcurachisi sifatida dvoryanlarning iqtisodiy ahvolini yaxshilash va siyosiy mavqeini mustahkamlashga yordam bergan. P.l tashabbusi bilan bir qancha o’quv yurtlari, FA ochilgan, diniy-slavyan alifbosi o’miga grajdan alifbosi qabul qilingan va h.k. P.l islohrtlari moddiy imkoniyatlar va odam kuchini qattiq ekspluatatsiya qilish, xalq ommasini ezish (jon solig’i vaboshqalar) hisobiga o’tkazilganki, natijada, bunga qarshi qo’zg’olonlar (Streletslar, 1698; Astraxan, 1705-06; Bulavin, 1707-09 va boshqalar) bo’lib hukumat tomonidan ayovsiz bostirilgan

Ko'proq vazifalar

1 2 3

Fan: Tarix fanidan imtixon savollariga javoblar 9 sinf
Bilet: ¹28

"sor-soch.com" © 2024 - Maktab o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va o'qituvchilar uchun ma'lumot portali

Sayt haqida | Maxfiylik siyosati | Kontaktlar